Biz bundan o’n besh yil muqaddam mamlakatga eng yaxshi qahva tavsiya qilish maqsadida Avstraliyada Gloria Jean’s Coffees qahvaxonasini ochdik. Hozirgi kunda Avstraliyaning har bir shtati va hududda bizning 400 dan ortiq qahvaxonalarimiz faoliyat yuritmoqda – yaqinda ularning soni yanada ko’payadi.

GLORIYA JEAN’S qahvaxonasi Avstraliyada

Avstraliyalik tadbirkor hamda qahva shaydosi va eksperti – Nabi Solih o’zining biznes hamkori Piter Irvin bilan birgalikda Avstraliyaga o’ziga xos qahva – Gloriya Jean’sni yetkazishga qaror qildilar.

1996 yilda Miranda va Sidneyda birinchi Avstraliya qahvaxonasi Gloriya Jean’s ochildi. 2004 yilda Gloriya Jean’s butun Avstraliya bo’ylab 200 dan ortiq qahvaxonalar ochib, mamlakatning har bir shtati va hududida joylashgan qahvaxonalarning milliy brendiga aylandi.

Vatanida erishgan muvaffaqiyatdan ilhomlangan Nabi va Piter o’zlarining orzulari – ya’ni Gloriya Jean’sni muvaffaqiyatli dunyo brendiga aylantirishga kirishdilar.
O’zlarining qahvalarini butun dunyoga tanitish maqsadida Nabi va Piter 2004 yilda AQSH ga qaytdilar hamda Amerika va Puerto-Rikodan tashqaridagi barcha mamlakatlar uchun Xalqaro brending va egalik huquqini sotib olish uchun Gloria Jean’s Coffees International Pty Ltdga asos soldilar.

Besh yil o’tib, 2009 yilda Gloria Jean’s Coffees International Pty Ltd kompaniyasining Gloria Jean’s Coffees U.S. chakana va franchayzing kompaniyasini AQSH lik egasidan sotib olishi bo’yicha muzokaralar bo’lib o’tdi.

Bugungi kunda dunyoning 39 ta bozorida qahvaxonalarimiz faoliyat yuritmoqda. Bu paytga kelib bizning biznesimizda ko’p narsalar o’zgardi, biroq a’lo darajadagi qahvaga bo’lgan ehtirosimiz, sadoqatimiz, ishga butun mehrimizni berishimiz va dunyodagi eng sevimli va nufuzli kompaniya darajasiga yetishish yo’lidagi qilgan matonatimiz hech qachon o’zgarmaydi.

Bizning Tariximiz

Bizning Navlarimiz

So’ngi yangiliklar