BIZNING MAQSADIMIZ

Dunyodagi eng sevimli va nufuzli qahva kompaniyasiga aylanish.

Biz dunyodagi eng sevimli va nufuzli qahva kompaniyasiga aylanishni o’z oldimizga maqsad qilib qo’yganmiz. Biz eng yuqori sifatli qahva tayyorlar ekanmiz qahvaxonalarimizga tashrif buyurgan har bir mehmonimiz o’zlarini uydagidek qulay va erkin his qilishlari uchun barcha sharoitlarni yaratib beramiz.

BIZNING VAZIFAMIZ…

Gloria Jean’s Coffees kompaniyasi eng yuqori sifatli qahvalar taklif qilar ekan, do’konning yorqin muhitida yuksak darajadagi o’ziga xos xizmat ko’rsatish darajasini ta’minlovchi yagona tizim yaratishga harakat qiladi.

BIZNING QADRIYATLARIMIZ…

Bizning qadriyatlarimiz kimligimiz hamda yutuqlarimizga qanday erishganimiz bilan belgilanadi.

Bizning qadriyatlarimiz vaqt hukmiga tobe emas, hech bir vaziyat va hech bir inson uni o’zgartira olmaydi. Aksincha qadriyatlarimiz kompaniyamizning asosiy mezoniga aylanib qoldi.
Ushbu qadriyatlarga asoslangan holda qanchalik yirik kompaniya bo’lishimizga qaramasdan biz brendimizning o’ziga xos bo’lgan sifatlarini saqlab qolishga harakat qilamiz.

  • Halollik va ishonchga asoslangan hamkorlik
  • Mukammallik va yangiliklar sari intilish
  • Quvonch va ehtiros madaniyati
  • Ishonish, bunyod qilish va insonlar hayotini o’zgartirish