Gloria Jean’s Gourmet Coffees Corp. («Gloria Jean’s») Internetdagi maxfiylikdan xavotirda. Siz Gloria Jean’s kompaniyasi gloriajeans.com saytidagi ma’lumotlarni qanday yig’ishi, ulardan qanday foydalanishi va himoya qilishi haqida bilishingiz uchun Maxfiylik siyosatini yaratdik. Maxfiylik siyosati Materiallardan foydalanish Qoidalari bilan muvofiq holda ishlaydi, ammo ularni o’zgartirish va bekor qilish huquqiga ega emas.

Gloria Jean’s Ma’lumotlarni yig’ish

Saytdan foydalanish chog’ida Gloria Jean’s sizdan ism sharifingiz, manzilingiz, elektron pochtangiz manzili, telefon raqamingiz hamda moliyaviy hisob haqidagi ma’lumot (kredit karta raqami va boshqa to’lov ma’lumotlari) hamda boshqa qayd qilish ma’lumotlarini ko’rsatishingizni so’raydi. Gloria Jean’s shuningdek, siz haqingizda ma’lumotlarni yig’ishi mumkin, masalan, siz yozuv qaydini yaratsangiz– ya’ni, foydalanuvchi nomi, parol, tug’ilgan joy, tug’ilgan kun va mobil telefon raqamini qayd etsangiz. Agarda siz bizning magazinlarimizda yoki bizning programmalarimiz orqali mahsulotlarimizni xarid qilayotgan bo’lsangiz, Gloria Jean’s sizning nima xarid qilayotganingiz, qanday vaqt mobaynida xarid qilayotganingiz va siz oladigan mukofotlar haqida ma’lumotlarni yig’adi. Gloria Jean’s shuningdek, siz bizning ko’pgina veb-sahifalarimizni ko’zdan kechirayotganingizda shaxsiy bo’lmagan muayyan bir ma’lumotlarni – sizning foydalanayotgan brauzeringiz (masalan, Internet Explorer, FineFox, Chrome, Safari), operatsion tizim turi (masalan, Windows XP yoki Mac OC), internet-provayderingizning domeni (masalan, ATT, Time Warner, COX Communications, Yahoo), internet-protokolning manzili (IP), saytga kirganlik yoki kirilgan saytlar haqidagi ma’lumotlarni yig’ishi mumkin. Agarda siz so’rov o’tkazsangiz yoki biz bilan turli yo’llar bilan hamkorlikni yo’lga qo’ysangiz – demografik ma’lumot hamda sizni qiziqtirishi mumkin bo’lgan subyektlar haqida ma’lumotlar ham yig’iladi.

Gloria Jean’s ma’lumotlardan qanday foydalanadi

Gloria Jean’s Saytning dizayni va mazmunini yaxshilash maqsadida shaxsiy bo’lmagan (“Agregat ma’lumotlar”) dan foydalanishi mumkin. Gloria Jean’s saytdan foydalanish tahlili hamda sizning ehtiyojingizdan kelib chiqqan holda mahsulot va xizmatlarni yaratish maqsadida ma’lumotlardan foydalanishi mumkin. Bundan tashqari Gloria Jean’s bu ma’lumotlarni homiylar, reklama beruvchilar hamda boshqa chekka ta’minotchilar bilan ham bo’lishishi mumkin. Gloria Jean’s Agregat ma’lumotlarga ega bo’lar ekan, ularning nusxalarini ham o’zining hujjatlari kabi saqlab qo’yishi kerak.
Boshqa narsa ko’rsatilmagan taqdirda Gloria Jean’s quyidagi hollarda siz taqdim etgan shaxsiy ma’lumotlaringiz (“Shaxsiy ma’lumotlar”) dan foydalanadi: (a) bizning mahsulotlar va xizmatlarimizga bo’lgan talablaringizni homiylar va filiallarimiz tomonidan o’rganish va bajarishda hamda bizning mahsulotlarimizga bo’lgan talablaringizga javob berishda; (b) mahsulotlar va xizmatlarga buyurtma berish bilan bog’liq bo’lgan masalalarda yordam berish uchun siz bilan bog’lanishda; (c) sud ishi yoki boshqa shu kabi jarayonlarda davlat lavozimidagi shaxslar yoki tomonlar bilan birgalikda qonun doirasida yoki qonunda belgilangan tartibda ish yuritishda; (d) saytning zararlanishdan himoya qilish va xavfsizligini ta’minlashda; (e) mol-mulkni yetishi mumkin bo’lgan zarardan muhofaza qilish va xavfsizligini ta’minlashda; va/yoki (f) yuridik javobgarlikdan muhofaza qilishda.
Barcha vaziyatlarda shaxsiy ma’lumotlarga ruxsati bor Gloria Jean’s agentlari, xodimlari va ta’minotchilari Maxfiylik siyosatiga amal qilgan holda bu ma’lumotlarni muhofaza qilishga majburlar. Gloria Jean’s Shaxsiy ma’lumotlardan yuqorida ko’rsatilga vaziyatlardan boshqa hollarda sizning ruxsatingizsiz foydalanmaydi; biroq Gloria Jean’s barcha Shaxsiy ma’lumotlarga ega bo’lgan holda ularning nusxalarini o’zlarining hujjatlari kabi saqlab qo’yishlari kerak.
Gloria Jean’s shuningdek, bizni qo’llab-quvvatlovchi kompaniyalar (kredit kartochkalar bo’yicha xizmat ko’rsatish, pochta bo’linmalari hamda veb-saytlar), mahsulotlarimizni sotishga va xizmatlarimizni ko’rsatishimizga yordam beruvchi kompaniyalar bilan ham ma’lumotlarni bo’lishishi mumkin. Bu kompaniyalar o’z vazifalarini bajarishlari jarayonida bizning nomimizdan siz haqingizdagi ma’lumotlardan foydalanishlari mumkin.
Gloria Jean’s sizni qiziqtirishi mumkin bo’lgan boshqa mahsulot va xizmatlarni taklif qilishda ham ma’lumotlardan foydalanishi mumkin. Agarda siz bunday axborotlarni olishni istamasangiz yoki Gloria Jean’s sizning Shaxsiy ma’lumotlaringizdan yuqorida ko’rsatilgandek foydalanishini xohlamasangiz, marhamat, quyiroqdagi “Bekor qilish” bo’limida ko’rsatilgan tartibda Gloria Jean’s bilan bog’laning.
Umumiy ma’lumotlar va shaxsiy ma’lumotlar Gloria Jean’s ning bir bo’lagi yoki aktivlari sifatida berib yuborilishi, tarqatilishi yoki sotib yuborilishi mumkin.

Bekor qilish uchun Gloria Jean’s bilan bog’lanish

Agar siz bunday ma’lumotlarni qabul qilishni va/yoki Gloria Jean’s sizning ma’lumotlaringizdan yuqorida aytib o’tilgan tartibda foydalanishini istamasangiz, bu haqda Gloria Jean’sga to’g’ri CustomerService@gloriajeans.com pochta manzili yoki 1-877-320-JAVA telefon raqamiga murojaat qilib, bildirib qo’ying. “Bekor qilish” talabini qabul qilib, uni o’rganib chiqqandan keyin, Gloria Jean’s ma’lum muddat davomida sizning ma’lumotlaringizni marketing xabarlar bazasidan o’chirib tashlaydi.

Xavfsizlik; Javobgarlik yo’qligi

Gloria Jean’s nazoratidagi har qanday ma’lumotning noto’g’ri ishlatilishi, o’zgartirilishi va yo’qolib qolishidan saqlovchi xavfsizlik choralarini ko’rib qo’ygan. Ammo ushbu xavfsizlik choralari Saytdagi har qanday ma’lumotning yo’qolishi, noto’g’ri ishlatilishiga va o’zgartirilishiga to’sqinlik qilolmaydi, Gloria Jean’s hamda uning chetdagi hamkorlari esa xavfsizlikning bunday nosozliklari bilan bog’liq bo’lgan har qanday yo’qotish va majburiyatlar uchun javobgarlikni bo’yinilariga olmaydilar. Bundan tashqari saytda boshqa saytlarning ssilkalari mavjud. Gloria Jean’s maxfiylikni ta’minlay olmagan saytlar hamda ularning mazmuni uchun javobgar emas.

“Cookies” fayllari

“Cookies” fayllari – veb-serverdan veb-brauzerga jo’natilgan ma’lumotlarning bir qismi bo’lib, veb-serverlarga ushbu serverda joylashgan saytning foydalanuvchilarini identifikatsiya qilish imkonini beradi. Gloria Jean’s sizni Saytda identifikatsiya qilib, ko’proq ma’lumot va xizmatlarni taqdim qilish uchun Cookiesdan foydalanishi mumkin. Bundan tashqari Saytdagi reklama Cookiesda ham bo’lishi mumkin. Umuman olganda, agarda siz istasangiz nastroyka hamda brauzeringizning parametrlarini ko’rib chiqib, Cookiesdan foydalanish xizmatini o’chirib qo’yishingiz mumkin.

Maxfiylik siyosatining o’zgartirilishi

Gloria Jean’s Maxfiylik siyosatini foydalanish Shartlarida ko’rsatilgan shartlar asosida istalgan vaqtda, jumladan, saytda o’zgartirilgan Maxfiylik siyosatini e’lon qilish orqali o’zgartirishi mumkin. Istalgan o’zgartirishlardan keyin Saytga kirish yoki undan foydalanish haqiqiy Maxfiylik siyosatidagi har qanday o’zgartirishlar yoki tuzatishlarga roziligingizni bildiradi.

Har qanday masala bo’yicha Gloria Jean’s bilan bog’lanish

Maxfiylik siyosati bilan bog’liq masalalar bo’yicha Gloria Jean’s bilan bog’lanishingiz mumkin. Buning uchun istalgan Shaxsiy ma’lumot yoki Gloria Jean’s va/yoki Sayt bilan bog’liq bo’lgan biror narsani qayta yangilab, CustomerService@gloriajeans.com manziliga yoki 1-877-320-JAVA telefon raqamiga murojaat qilishingiz kerak.

Xavfsizlik

Gloria Jean’s sizning gloriajeans.com da qilgan xaridingizni muhofaza qilish uchun zarur choralarni ko’radi. Bizning saytimizda nazoratimiz ostida ma’lumotlarning yo’qolishi, noto’g’ri ishlatilishi va o’zgartirilishiga qarshi xavfsizlik choralari ko’rilgan. Biz buyurtma haqidagi ma’lumotlarni shifrlash uchun imkon darajasida munosib bo’lgan programma ta’minotidan foydalanamiz.
Biz sizning shaxsiy ma’lumotlaringizning himoyasi uchun ushbu zarur choralarni ko’rsakda, hech bir tizim yoki Internet orqali ma’lumotlar o’tkazish xizmati va boshqa har qanday ommabop tarmoq 100 % kafolat bermaydi.